Warning: file_put_contents(/opt/frankenphp/design.onmedianet.com/storage/proxy/cache/1f0d72a70eae336a1dd19d37b1ce8f53.html): Failed to open stream: No space left on device in /opt/frankenphp/design.onmedianet.com/app/src/Arsae/CacheManager.php on line 36

Warning: http_response_code(): Cannot set response code - headers already sent (output started at /opt/frankenphp/design.onmedianet.com/app/src/Arsae/CacheManager.php:36) in /opt/frankenphp/design.onmedianet.com/app/src/Models/Response.php on line 17

Warning: Cannot modify header information - headers already sent by (output started at /opt/frankenphp/design.onmedianet.com/app/src/Arsae/CacheManager.php:36) in /opt/frankenphp/design.onmedianet.com/app/src/Models/Response.php on line 20
Monarxiya - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Monarxiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Monarxiya (yunoncha: monarchia — yakka hokimlik) — davlat boshqaruvi shakli. Bunda davlat boshligi monarx hisoblanadi. Monarxiyaning 2 turi mavjud: mutlaq (absolyut) monarxiya, bunda monarxning toʻla hokimiyatini cheklaydigan bironbir davlat organi boʻlmaydi; konstitutsiyaviy monarxiya, bunda monarx hokimiyati konstitutsiya asosida amal qiladigan muayyan vakolatli organ bilan cheklangan boʻladi, yaʼni qonunchilikni parlament, ijro hokimiyatini hukumat olib boradi. Ayrim mamlakatlarda davlat boshligʻi ayni vaqtda diniy rahbar ham hisoblanadi[1]Konstitutsion monarxoyalarda davlat rahbari (qirol, amir, knyaz, va h.k.)ning siyosiy vakolatlari ma'lum darajada cheklangan bo'lib, davlat boshqaruvida parlament va hukumatning o'rni muhim hisoblanadi.

Monarxiya koʻrinishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Mutlaq monarxiya — monarx cheksiz hokimiyatga egalik qiladigan monarxiya koʻrinishi. Mutlaq monarxiyada hukumat yoki boshqa hokimiyat organlari faqat davlat boshligʻi boʻlgan monarx oldida javobgardir, odatda parlament boʻlmaydi, boʻlgan taqdirda u maslahat kengashi vazifasini bajaradi, xolos.
  • Konstitutsiyaviy monarxiya — monarx hokimiyati konstitutsiya bilan cheklangan monarxiya. Konstitutsiyaviy monarxiyada qonun chiqaruvchi hokimiyat organi vazifasini parlament bajaradi, bajaruvchi organ esa hukumat boʻladi. Konstitutsiyaviy monarxiya ikki xil koʻrinishda boʻladi: dualistik va parlamentar monarxiya.
    • Dualistik monarxiya — (lotincha: Dualis) — monarx hokimiyati konstitutsiya bilan cheklanuvchi monarxiya, lekin shunga qaramasdan monarx oʻzining hokimiyat uchun keng vakolatlarini saqlab qoladi.
    • Parlamentar monarxiya — monarx vakolatlari oʻta cheklangan, hukumat va hukumat organlari monarx oldida emas, parlament oldida javob beradi.
  • Teokratik monarxiya — siyosiy hokimiyat diniy rahbar qoʻlida boʻlgan monarxiya.

Hozirgi kundagi monarxiya davlatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlatlar boshqaruv shakllari roʻyxati

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil