Bosh Sahifa
Oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni: 307 193
Yevro-2016 (inglizcha: 2016 UEFA European Football Championship yoki EURO 2016) – Futbol boʻyicha oʻn beshinchi Yevropa chempionati. Musobaqa 2016-yilning 10-iyunidan 10-iyuligacha Fransiyada boʻlib oʻtgan. Mazkur musobaqada Ispaniya amaldagi chempion sifatida ishtirok etgan. Biroq Italiya terma jamoasiga 1/8 finaldayoq magʻlub boʻlib, ispanlar musobaqani tark etishgan. „Stade de France“ stadionida boʻlib oʻtgan final bahsida Portugaliya terma jamoasi Fransiya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz tarixida birinchi marta Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan. Birinchi marta Yevropa chempionatining final bosqichida 24 ta jamoa ishtirok etdi. 1996-yildan beri 16 ta jamoa chempionatning guruh bosqichida ishtirok etib kelayotgan edi. Yangi formatga koʻra, ishtirokchilar toʻrtta jamoadan iborat olti guruhga taqsimlangan. Soʻngra uchta raund va finaldan iborat pley-off bosqichi oʻtkazilgan. Oʻn toʻqqizta jamoa: toʻqqizta saralash guruhining har biridan 1- va 2-oʻrinni egallagan jamoalar va 3-oʻrinni egallagan eng yaxshi 4 ta terma jamoa mezbon Fransiya bilan birgalikda chempionatda qatnashish huquqiga ega boʻlishdi. 2015-yilning noyabr oyida uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar oʻrtasida ikki oʻyindan iborat pley-off bahslari oʻtkazilgan va soʻnggi toʻrtta ishtirokchi nomi aniqlab olingan. (Davomi...)
Daniya operatsiyasi (dancha: Invasionen af Danmark i 1940, olmoncha: Die Besetzung von Dänemark ) — Uchinchi reyxning Daniya qirolligiga qarshi harbiy operatsiyasi. U 1940-yil 9-aprelda boshlanib, atigi 6 soat davom etgan. Vermaxtning birinchi zarbasi Daniya aviatsiyasiga qaratilishi natijasida Daniya harbiy-havo kuchlari jiddiy yoʻqotishlarga uchragan va keyingi jangovar harakatlarda ishtirok etmagan. Tonggi soat 5:15 da Vermaxtning 170-piyoda diviziyasi va 11-oʻqchi brigadasi Daniya–Germaniya chegarasini kesib oʻtib, hujum boshlagan. Shuningdek, ayni shu vaqtda nemis qoʻshinlari Kopengagenga kirgan. Daniya harbiy-dengiz floti dushmanga qarshilik koʻrsatmagan. Soat 7:20 da Daniya qiroli Christian X Daniya qurolli kuchlariga qarshilikni toʻxtatishni buyurgan. 7:30 da Norvegiya operatsiyasi uchun strategik jihatdan muhim boʻlgan Olborg aeroporti qoʻlga kiritilgan. Taxminan ertalabki 10:00 da Daniya armiyasining demobilizatsiyasi boshlangan. (Davomi...)
Chashmai Ayyub xazirasi – Oʻzbekistonning Buxoro viloyati, Vobkent tumanida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (XI–XIX). Bu qadamjo suv va Ayyub paygʻambar nomi bilan bogʻliq. Xazira 1208–1209-yillarda Burxoniy hukmdor sadr Abdulaziz II tomonidan 1017-yil vafot etgan hadisshunos olim Abu Saʼd al-Xarjushiy qabri ustiga bunyod etilgan. Olimlarning fikricha, Vobkent minorasini qurgan usta meʼmor Chashmai Ayyub xazirasini ham bino qilgan. Oʻrta asrlarda qadamjo vazifasini oʻtagan ushbu ziyoratgohda darveshlar xonaqosi va masjid boʻlgan. Xazira peshtoqida yozilgan hadis Markaziy Osiyo yodgorliklarida saqlanib qolgan eng qadimgi hadis namunalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda yodgorlik Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan – davlat muhofazasiga olingan. (Davomi...)
Soʻnggi tanlangan roʻyxat
Iqtisodiyot boʻyicha Nobel xotirasi mukofoti laureatlari roʻyxati
Bitta oldingi tanlangan roʻyxat

- Falastin Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan mustaqil davlat sifatida tan olindi.
- Usmon Dembele (suratda) France Football jurnali tomonidan „Oltin toʻp“ mukofoti bilan taqdirlandi.
- Braziliya Oliy federal sudi sobiq prezident Jair Bolsonaroni 2022-yilgi Braziliya davlat toʻntarishiga urinishdagi ishtiroki uchun 27 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
- Xalqaro jinoyat sudi Tolibon yetakchilari Haybatulloh Oxundzoda va Abdul Hakim Haqqoniyni Afgʻonistonda ayollarga nisbatan taʼziyqda ayblab, hibsga olishga order berdi.

- Zilzilalarni bashorat qilish metodi haligacha yoʻq.
- Islandiyadagi Eyjafjallajökull muzligi nomini dunyo aholisining 0.005 foizi toʻgʻri ayta oladi.
- Toʻybop qoʻshiqning matnini mashhur qiziqchi yozgan.
- Alfred Nobel nazariy fanlarga qiziqmagani uchun matematika boʻyicha mukofot taʼsis qilmagan (sevgilisi matematik bilan qochib ketgani uchun, degan gap esa afsonadir).
- Ravshan Ermatov futbol boʻyicha jahon chempionatlarini eng koʻp boshqargan hakam sifatida Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan.
- Avtomobil oynalarini qoraytirish — jinoyat emas.
- Kompyuter sichqonini ishlatish mumkin boʻlgan ilk kompyuter Xerox Alto (tasvirda) boʻlgan.

- 1582 — Rim papasi Gregorius XIII Grigoriy taqvimini taʼsis qildi (keyingi kun 5-oktabr boʻldi).
- 1910 — Portugaliya inqilobi: soʻnggi portugal qiroli Manuel II Lissabondan Gibraltarga qochdi.
- 1938 — Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Choʻlpon, Abdurauf Fitrat, Gʻozi Yunusov, Qayum Ramazon, Otajon Hoshimov, Majid Qori Qodiriy, Ziyo Saidov va Xudoybergan Devonov qatagʻon qilindi.
- 1957 — Sovet Ittifoqi Yerning ilk sunʼiy yoʻldoshini (tasvirda) uchirdi.
- 2004 — SpaceShipOne ikkinchi suborbital parvozni yakunladi va Ansari X mukofoti bilan taqdirlandi.
MediaWiki Viki dasturlash
Meta-Viki Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi
Vikigid Sayohat haqida maʼlumotlar
Vikiiqtibos Iqtiboslar toʻplami
Vikikitob Bepul kitoblar va qoʻllanmalar
Vikilugʻat Lugʻat va tezaurus
Vikimanba Ochiq kutubxona
Vikimaʼlumotlar Bepul bilimlar ombori
Vikiombor Erkin mediafayllar ombori
Vikiturlar Biologik turlar katalogi
Vikiversitet Ochiq oʻqitish asboblari
Vikiyangiliklar Ochiq matnli yangiliklar