Kontent qismiga oʻtish

Pasxa

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pasxa (ibroniycha: פסח‎ [ˈpʲesəx] — oʻtmoq) — yahudiylar va xristianlarning bahor bayrami. Qadimda koʻchmanchi semit qabilalari pasxani chorva mollarining bahorgi bolalash vaqtida bayram qilganlar. Bu qabilalarning oʻtroqlashishi va dehqonchilik bilan shugʻullanishi natijasida pasxa oʻrim-yigʻim bayramiga aylangan. Pasxa yaxudiylarning yillik bayramlari ichida eng eʼtiborlisidir. Bu bayram xristianlarning pasxasidan farqli oʻlaroq, yaxudiylarning Misrdagi Firʼavn qulligidan qutulib chiqqanlari (taxminan miloddan avvalgi 8-asr) munosabati bilan nishonlanadi. Yaxudiylar pasxa sida keyinchalik messiyani kutish gʻoyasi ham oʻz ifodasini topdi. Xristianlikda bu bayram Isoning tirilishi toʻgʻrisidagi rivoyat bilan bogliq boʻlib, pravoslavlarning asosiy bayrami hisoblanadi. Bahorgi tengkunlik va toʻlin oydan keyingi 1-yakshanbada nishonlanadi. Bayram kunlari sanasini hisoblab chiqish uchun jadvallar (pasxaliya) tuziladi. Pasxa pravoslav cherkovida Yuliy taqvimi boʻyicha (eski hisobda) 22 martdan 23 aprelgacha boʻlgan davrga; gʻarbiy xristianlarda — Grigoriy taqvimi boʻyicha 26 martdan 23 aprelgacha boʻlgan davrga toʻgʻri keladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil